Yangiliklar

Image

Andijon mashinasozlik instituti Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limining ishonch telefoniga 2025-yil 28-yanvar kuni noodatiy qo‘ng‘iroq bo‘ldi.

Andijon mashinasozlik instituti Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limining ishonch telefoniga 2025-yil 28-yanvar kuni noodatiy qo‘ng‘iroq bo‘ldi.

    Suhbatda o‘zini tanishtirmagan, tijorat bilan shug‘ullanuvchi shaxs institut haqida o‘zining iliq fikrlarini bildirdi.

    Aytishicha, bizning institut Korrupsiyadan deyarli holi bo‘lishga muvaffaq bo‘layotgan kamdan kam oliy ta’lim dargohlaridan biri ekanligi, u inson bizning muassasada o‘qimasada aholida shunday fikr yurganini bildirdi.

    “Mening O‘z korxonalari bor do‘stlarim, qo‘lida katta pul aylanadigan tanishlarim xam  bir kun qoldirmay Andijon mashinasozlik institutiga ilm olish uchun oshiqishadi” deydi u hazil mutoiba bilan suhbat jarayonida.

    Yuqoridagi kabi institutimizga bildirilayotgan ishonch avvallari ham qulog‘imizga ko‘p chalingan bo‘lsada bunday tarzda o‘z fikrini bildirgan insonlar bilan muloqot qilish xodimning o‘z kasbiga yanada xam sidqi dildan kirishib, kuchli vatanparvarlik tuyg‘usi bilan olg‘a qadam tashlashga zamin yaratmoqda.

    Albatta, oiy ta’lim dargohimiz erishayotgan ushbu yutuqlar ortida charchoq nimaligini bilmaydigan institut rektori, mas’ul boshqaruv xodimlari, xar bir professor-o‘qituvchi hamda talaba-yoshlarimizning hissasi katta.

    Barchangizga bir yoqadan bosh chiqarib institutimiz ravnaqi uchun xizmat qilayotganingiz uchun tashakkur izhor etamiz.

Hurmat bilan,

Andijon mashinasozlik instituti Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi.

Qidirish