Yangiliklar

Image

Yakuniy nazorat imtihonlari bo‘lim va jamoatchilik nazorati ostida o'tmoqda.

   Andijon mashinasozlik institutida 2024/2025-o‘quv yilining kuzgi semestri yakuniy nazoratlarini ochiqlik va oshkoralik asosida shaffof o‘tkazish maqsadida Korrupsiyaga qarshi kurishish bo‘limi xodimlari bilan birgalikda talaba-yoshlar klubi a’zolari ham jamoatchilik nazorati sifatida jalb etildi.
     2022-yildan beri institut rektorining maxsus buyrug‘i bilan klubning eng mas’uliyatli, korrupsiyaga murosasiz munosabati bilan o‘zini ko‘rsatgan talaba va yosh o‘qituvchilardan iborat klub a’zolari imtihonlarda nazoratchi funksiyalarini bajarib kelishadi. 
     Bu safar yakuniy nazoratlarni shaffofligini ta’minlash maqsadida  korrupsiyaga qarshi kurashish  talaba-yoshlar klubi va “Aksilkorrupsiya kovorking” markazining jami  27 nafar a’zolari  jamoatchilik nazoratini ta’minlab kelishmoqda.

Qidirish