Yangiliklar

Image

Kengash yig’ilishida manfaatlar to‘qnashuvi bo‘yicha qonun, qaror va vazirlik buyruqlari bajarilishi muhokama qilindi.

  Andijon mashinasozlik institutining 2024-yilning 27-dekabrdagi Kengash yig‘ilishi kun tartibiga muvofiq, “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonun ijrosini ta’minlash holatini o‘rganish natijalari muhokama qilindi. 
    Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi tashabbusi bilan 2024 yil iyun oyidan beri har chorakda muhokamaga qo‘yilayotgan mazkur mavzu bo‘yicha raxbar xodimlar, professor-o‘qituvchilar va xodimlar tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan manfaatlar to‘qnashuvining salbiy ko‘rinishlarining kelib chiqishi, profilaktikasi va ko‘rilgan choralar bo‘yicha atroflicha hisobot berildi. Asosiy natija – jamoa, uning raxbar xodimlarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyati oshgani, korrupsion holatlarning oldi olinganligi deb ta’kidlandi.
    Kengash bir ovozdan bo’lim tomonidan manfaatlar to’qnashuvining oldini olish bo’yicha olib borilgan ishlarni “qoniqarli” deb baholandi.

Qidirish