Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 25-noyabrdagi 3/15-52-15-588-son xati talablariga muvofiq talabalar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi murosasizlik tuyg‘usini shakllantirishga qaratilgan insholar tanlovini o‘tkazish vazifasi belgilangan.
Shu munosabat bilan, 2024-yil 3-dekabr kuni Andijon mashinasozlik institutining Korrupsiyaga qarshi kurashish va Ma'naviyat va ma'rifat bo'limlari tomonidan “Korrupsiya – kelajakka tahdid” mavzusida insholar tanlovi o‘tkazildi. Unda 5ta fakultetdan jami 10 nafardan talabalar ishtikor etdilar. Tanlov ochiq va shaffof o‘tishi ta’minlandi.