Institut rahbar xodimlari uchun seminar o‘tkazildi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlangan “Oliy ta’lim sohasida korrupsiya xavfini kamaytirish yuzasidan 2024-2025-yillarga mo‘ljallangan yo‘l xaritasi”da belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, shuningdek oliy ta’lim tashkilotlarida korrupsiyaviy xavf-xatarlami oldini olish maqsadida qabul qilingan vazirlikning 2024-yil 2-dekabrdagi 451 va 452-son buyruqlari mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida 2024-yil 7-dekabr kuni Andijon mashinasozlik institut rahbar xodimlari ishtirokida o‘quv-uslubiy seminar o‘tkazildi.
Seminarda talabalar tomonidan kelib tushgan appelyatsiya arizalarini ko‘rib chiqish, ularni dars mashg‘ulotlarida ishtirokini tartibga solish hamda bilimini baholash va nazorat qilish tartibini takomillashtirish masalalari tubdan ko‘rib chiqildi.