Xalqaro hamkorlikni tashkil etish bo'limi haqida

Xalqaro hamkorlikni tashkil etish boʻlimi AndMIning maʼmuriy-boshqaruv tarkibiy boʻlinmasi boʻlib, uning maqsadi universitetning xalqaro faoliyatini rivojlantirishga koʻmaklashish hamda xalqaro taʼlim va ilmiy hamjamiyatlarda AndMI obroʻsini mustahkamlashdan iborat.

Bo‘lim faoliyati quyidagi vazifalarni hal qilishga qaratilgan:

• xalqaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida xorijiy oliy o‘quv yurtlari, elchixonalar, xalqaro tashkilotlar va assotsiatsiyalar bilan o‘zaro hamkorlik qilish, jumladan, xalqaro sheriklik munosabatlarini o‘rnatish hamda rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar, kelishuvlar bajarilishini hamda AndMI vakillarining hamkor tashkilotlar tadbirlarida ishtirok etishini ta’minlash va monitoring qilish;

• AndMI fakultetlari va tarkibiy bo‘linmalarining xorijiy hamkorlar bilan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ko’maklashish;

• Xalqaro faoliyatni axborot-tahliliy va tashkiliy jihatdan qo‘llab-quvvatlash va AndMIning xalqaro tarmoq tashkilotlarida, oliy ta’lim sohasidagi dastur va loyihalarda institutsional ishtirokini ta’minlash;

• AndMI Xalqaro aloqalar kengashi ishini tashkil etish



Vaqtincha ma'lumot yo'q
Top