O‘quv –uslubiy  boshqarmaning  maqsadi

 

O‘quv - uslubiy boshqarma institut ta’lim jarayonini ilg‘or ilm-fan yutuqlari asosida  takomillashtirish, asosiy o‘quv hujjatlari bilan ta’minlash, fakultet, kafedralar o‘quv ishlarida erishgan ilg‘or yutuqlarini umumlashtirish vakolatlariga ega.

O‘quv - uslubiy boshqarma talabalarni zamon talablari darajasida yetuk, malakali mutaxasis bo‘lib yetishib chiqishlari uchun zarur barcha fanlarni o‘quv jarayoniga kiritishga katta e’tibor beradi.

Shu bilan birga o‘qitishning barcha bosqichlarida o‘quv dasturlarini izchilligi va o‘zaro muvofiqligini ta’minlashni amalga oshiradi. O‘quv dasturlarida umumiy va qo‘shimcha ta’limning integratsiyalashuvini, shuningdek, o‘qitish mazmun – mohiyatini real xayot extiyojlariga maksimal darajada yaqinlashtirishni ko‘zda tutadi.

 

O‘quv –uslubiy boshqarmaning  vazifalari

 

1.                 Institut ta’lim jarayonini ilg‘or ilm-fan yutuqlari asosida takomillashtirish, institut tuzilmalarini davlat ta’lim standartlari va asosiy o‘quv hujjatlari bilan ta’minlash;

2.                 Institutda o‘quv jarayonini rejalashtirish va tashkil qilish;

3.                 Institut fakultetlari va kafedralarining o‘quv, o‘quv-uslubiy ishlarini muvofiqlashtirish;

4.                 O‘quv jarayonini boshqarishdagi meyoriy-uslubiy hujjatlarni doimiy takomillashtirish;

5.                 Institut ta’limini rivojlantirish uchun istiqbolli rejalarni ishlab chiqish va institut Ilmiy kengashiga tavsiya qilish;

6.                 Institut fakultetlari, kafedralari va tuzilmalarini o‘quv ishlarda erishgan ilg‘or yutuqlarini umumlashtirish va institut ta’lim jarayoniga tadbiq qilish;

7.                 Talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimini NIZOM talablariga mosligini taminlash;

8.                 Professor-o‘qituvchilarning qayta tayorlash va malaka oshirish rejasini shakllantirish va bajarilishini taminlash;

9.                 Talabalar davomatini tahlil etish;

10.             Institut professor-o‘qituvchilari va talabalarining o‘quv intizomiga rioya qilishini taminlash;

11.             Institutdagi barcha fakultetlar va magistraturada joriy, oraliq, yakuniy nazoratlarning tashkil etish va  tahlil qilish;

12.             Kafedra va dekanatlarda asosiy ish hujjatlarini yuritilishini taminlash;

13.             Institutda shtatlar jadvalini tuzish uchun hujjatlarni tayyorlash; o‘quv yuklamalarini bajarish yuzasidan nazoratni amalga oshirish;

14.             O‘rindosh va soatbay dars o‘tuvchi o‘qituvchilarning hujjatlarini rasmiylashtirish, soatbay dars fondining taqsimlanishini tashkil qilish va muvofiqlashtirish;

15.             Institut fakultet va kafedralarini o‘quv masalalari bo‘yicha faoliyatini o‘rganish;

16.             Professor - o‘qituvchilar tanlovini tashkil etish;

17.             O‘quv jarayoniga rivojlangan chet el tajribalarini joriy etish;

18.             Akademik litsey faoliyatini o‘quv-uslubiy jihatdan muvofiqlashtirish.

19.             O‘quv-uslubiy boshqarmada boshliq, nazoratchi, uslubchi, dispetcherlar faoliyat olib boradi.

Boshqarma faoliyatini tashkillashtirish

 

1.        Boshqarma faoliyati institut Ustavi, institut rektorining buyruqlari xamda mazkur Nizom asosida tashkil etadi;

2.        Bo‘lining Nizomi, tuzilmasi va shtat jadvali institut rektori tomonidan tasdiqlanadi;

3.        Boshqarma xodimlarining xizmat vazifalari institut rektori tomonidan tasdiqlanadi.

O‘quv –uslubiy boshqarmaning mas’uliyati

 

1.        Mazkur  Nizomga  muvofiq  yuklatilgan vazifalarning o‘z vaqtida  va  sifatli  bajarilishi uchun to‘liq javobgarlik oliy ta’lim  muassasasining rektori xamda O‘quv –uslubiy boshqarma  boshlig‘i zimmasiga  yuklatiladi.

2.        Boshqa xodimlar va bo‘linmalar (prorektorlar, fakultet  dekanlari, taaluqli kafedralar, tegishli bo‘linmalar boshliqlari)ning  mas’uliyat darajasi lavozim  vazifalariga muvofiq belgilanadi.

O‘quv –uslubiy boshqarma faoliyatini tashkil  etish, boshqarish va nazoratga olish

1.        O‘quv–uslubiy boshqarma faoliyati institut O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor tasarrufida bo‘ladi.

O‘quv –uslubiy boshqarma o‘z faoliyati natijalari bo‘yicha oliy ta’lim  muassasasi Ilmiy Kengashida xar yilda kamida bir marta xisobot beradi.
Top