TA'LIM SIFATINI NAZORAT QILISH BO'LIMI
MАQSАDI VА VАZIFАLАRI

      Аndijon mashinasozlik instituti tarkibidagi Taʼlim sifatini nazorat qilish boʼlimi Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 18 iyuldagi “Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi faoliyatini tashkil etish toʼgʼrisida”gi 515-son qarorining 14-bandiga muvofiq tashkil etilgan boʼlib, bevosita institut tarkibiga kiradi.

     Taʼlim sifatini nazorat qilish boʼlimining asosiy maqsadi institut talabalari bilimlarining davlat taʼlim standartlariga muvofiqligini oʼrganib borish, tahlil qilish, kadrlar tayyorlash sifati monitoringini yuritish, institutni ichki attestatsiyadan oʼtkazishni tashkil etish va uning natijalari boʼyicha taʼlim sifatiga salbiy taʼsir etuvchi omillarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish va oldini olish choralarini koʼrishdan iborat.

        Taʼlim sifatini nazorat qilish boʼlimining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- Taʼlim yoʼnalishlari va mutaxassisliklarning davlat taʼlim standartlari (DTS), malaka talablari, oʼquv rejalari va fan dasturlari bilan taʼminlanganligini tahlil etish va ularni ekspertiza qilish; 
- Institutda taʼlim jarayoni sifatini, uning oʼquv adabiyotlari va oʼquv-uslubiy materiallar bilan taʼminlanganlik darajasini oʼrganish; 
- Institut talabalari bilimlarining DTSga muvofiqligini oʼrganib borish, tahlil qilish;
- Taʼlim sifatini oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini taʼminlash;
- Kadrlar tayyorlash sifati monitoringini yuritish; 
- Institutni ichki attestatsiyadan oʼtkazishni tashkil etish, natijalari boʼyicha taʼlim sifatiga salbiy taʼsir etuvchi omillarni aniqlash, maʼlumotlarni institut rektoriga hamda Davlat inspektsiyasiga taqdim etish;
- Attestatsiya, taʼlim sifatini oʼrganish bilan bogʼliq jarayonlarda institutda aniqlangan kamchiliklar va nuqsonlarni oʼz vaqtida bartaraf etilishi ustidan nazorat oʼrnatish;
- Taʼlim sifatini belgilovchi koʼrsatkichlarning holatini monitoring qilish va aniqlangan muammolar va kamchiliklar yuzasidan tegishli tarkibiy tuzilmalarga takliflar berish;
- Taʼlim sifatini oshirish maqsadida professor-oʼqituvchilarning malakasini oshirish jarayonida zamonaviy usullar va uslublardan foydalanish samaradorligini tahlil qilish;
- Institutning tarkibiy tuzilmalarida (fakulьtet, kafedra, boʼlim, markaz, akademik litsey) pedagog xodimlarning kasbiy malakasi holatini, shuningdek oliy oʼquv yurtidan keyingi taʼlim hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash yoʼnalishlaridagi sifat darajasini aniqlash maqsadida ichki monitoringni oʼtkazish, tahliliy maʼlumotlarni tayyorlash, aniqlanagan kamchilik va muammolarni bartaraf etish boʼyicha institut rahbariyatiga takliflar kiritish;
- Institut professor-oʼqituvchilari tayanch maʼlumotlarining tegishli dars beradigan fan(lar)iga mosligini tahlil qilish yoki ularning tegishli qayta tayyorlashdan oʼtganligini yoki mos ixtisoslik boʼyicha ilmiy unvon, darajaga ega ekanligini oʼrganish va xulosalarni institut rektoriga maʼlum qilish;
- Institutning oʼquv jarayoni, ilmiy-tadqiqot va ilmiy-uslubiy ishlar rejalarining bajarilishini monitoring qilish;
- Taʼlim jarayoni moddiy-texnik bazasi holatini tahlil qilish, uni rivojlantirish va takomillashtirish boʼyicha takliflar berish;
- Institutda talabalar amaliyotining taʼlim yoʼnalishlari va mutaxassisliklarni inobatga olingan holda tashkil etilganligini va uning samarasini nazorat qilish; 
- Davlat inspektsiyasining topshirigʼiga binoan institut reytingini aniqlashga va baholashga oid maʼlumotlarni toʼplashda, oʼtkaziladigan attestatsiya va taʼlim sifatini oʼrganish bilan bogʼliq jarayonlarda ishtirok etish;
- Talabalar bilimini baholash jarayonini tahlil qilish asosida reyting ballarining xolisligini, shaffofligini va sifat darajasini baholash; 
- Institutdagi ijtimoiy muhit, kadrlar tayyorlash va taʼlim sifatini oʼrganish maqsadida doimiy ravishda talaba, ota-ona, professor-oʼqituvchi va kadrlar isteʼmolchilari oʼrtasida ijtimoiy soʼrovlar oʼtkazish;
- Boʼlim xodimlarining kasbiy mahoratini oshirish, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Isteʼdod” jamgʼarmasi yoki xalqaro loyihalar va institut hisobidan rivojlangan xorijiy davlatlarning nufuzli oʼquv va ilmiy markazlari tajribasini oʼrganish va ularni taʼlim jarayoniga tatbiq etish;
- Institut reytingini xalqaro darajaga koʼtarishga qaratilgan chora-tadbirlarni oliy taʼlim muassasasi rahbariyati bilan birgalikda ishlab chiqish va uni ijrosini taʼminlashda faol ishtirok etish;
- Institut tegishli tarkibiy tuzilmalari bilan hamkorlikda taʼlim sifatini oshirishga qaratilgan oʼquv seminarlari va treninglarni oʼtkazish;
- Institutda jamoatchi ekspertlar bazasini shakllantirish va ular bilan qoʼyilgan vazifalar doirasida seminar mashgʼulotlarini muntazam ravishda oʼtkazib borish; 
- Oʼquv jarayoni bilan ishlab chiqarish oʼrtasidagi integratsion hamkorlik, innovatsion gʼoyalar, ishlanma va texnologiyalarning amaliy tatbigʼi masalalari monitoringini yuritish;
- Institut Ilmiy kengashida, davra suhbatlari va anjumanlarda boʼlim tomonidan taʼlim sifatini oshirishga oid amalga oshirilgan oʼrganish va monitoring natijalari toʼgʼrisida maʼlumotlar berib borish; 
- Taʼlim sifati holatini oʼrganish natijalariga asoslanib tegishli takliflarni institut rahbariyatiga taqdim etish.

TA'LIM SIFATINI NAZORAT QILISH BO'LIMI

Lavozim: Boʼlim boshligʼi
F.I.SH: Yusupova Malika Botiralievna
Tel: +998 91 600 38 59
Lavozim: Bosh mutaxassis
F.I.SH: Maxramova Nigora Yuldashevna
Tel: +998 99 905 38 25
Lavozim: Bosh mutaxassis
F.I.SH: Xudoyberdiev Oribjon Raximberdievich
Tel: +998 90 387 78 67
Top