“Marketing va talabalar
amaliyoti” bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Ta‘lim to‘g‘risida”gi
qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
iqtisodiyot tarmoqlarini malakali kadrlar bilan ta’minlash borasidagi qaror va farmonlari,
amaldagi “Mehnat kodeksi”, qonunchilik hamda ta’lim sohasidagi tegishli me‘yoriy-huquqiy
hujjatlarga asoslanib ish ko‘radi.
Bo‘limning maqsadi
Ta’lim xizmatlari bozorida
Andijon Mashinasozlik instituti faoliyat ko‘rsatishining aniq strategiyalarini ishlab
chiqish va amaliyotga joriy qilish uchun bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura
mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlash va ularni ishga taqsimlash jarayonini
iste‘molchilar (ish beruvchilar) tomonidan bo‘lg‘usi mutaxassis shaxsiga qo‘yilgan
talablarni bajarishga yo‘naltirish hamda bu jarayonga rahbarlik qilish, reklama-axborotni
rejalashtirish va uni olg‘a siljitish rag‘batini ta‘minlash, bitiruvchilarni ishga
taqsimlash va joylashtirishni amalga oshirish hamda ta‘lim xizmatlari ko‘rsatishga
o‘z vaqtida tayyorgarlik ko‘rish, hamkorlik shartnomalar tuzishni tashkil qilish
hamda nazoratga olishdan iborat.
Bo‘limning faoliyatini
tashkil etish, boshqarish va nazoratga olish
1. «Marketing va
talabalar amaliyoti» bo‘limining faoliyati Andijon Mashinasozlik instituti
rektori tasarrufida bo‘ladi.
2. «Marketing va
talabalar amaliyoti» bo‘limi o‘z faoliyati natijalari bo‘yicha Andijon
Mashinasozlik instituti Ilmiy Kengashida har joriy yilda kamida bir marta
hisobot beradi.
3.
«Marketing va talabalar amaliyoti» bo‘limi o‘ziga yuklatilgan vazifalar ijrosi
bo‘yicha tegishli ma‘lumotlarni belgilangan shakl va muddatlarda Oliy va o‘rta
maxsus ta‘lim vazirligiga taqdim etadi.
4.«Marketing
va talabalar amaliyoti» bo‘limi faoliyati Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi
tomonidan muvofiqlashtiriladi va o‘rnatilgan tartibda nazoratga olinadi.
KARYERA MARKAZI
“Karyera markazi”ning maqsadi va vazifasi
Ish beruvchilar
Talabalar
Tadbirlar
Kasbga yo‘naltirish
Onlayn manbalar