Magistratura bo‘limining maqsad va vazifalari

 

Andijon mashinasozlik institutida magistrlarni tayyorlash bo‘yicha muvofiqlashtirish ishlarini magistratura bo‘limi amalga oshiradi, ular kafedralar va dekanatlar bilan birgalikda quyidagi ish faoliyatlarini olib boradi:

§  magistrlar tayyorlash bo‘yicha o‘quv jarayonini tashkil etish va amalga oshirish;

§  magistrantlarga taqdim etilayotgan ta’lim va o‘qitish sifatini nazorat qilish va ko‘maklashish;

§  o‘quv-izlanish va ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirilishini tashkil etish;

§  oliy ta’lim muassasalari barcha bo‘linmalarining magistrlar tayyorlash bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;

§  magistrlarni kelgusida ishga joylashishi ustidan muntazam monitoringni amalga oshirish;

§  magistrlar tayyorlash masalalarini tahlil qilish va ular yuzasidan muntazam ravishda hisobotlar tayyorlash;

§  magistraturada dars berayotgan pedagog kadrlarga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishlari uchun maqsadga yo‘naltirilgan sharoitlarni yaratish va ularni ijtimoiy-kasbiy va shaхsiy faolligini oshirish;

§  magistratura faoliyatini boshqarish, ta’lim jarayonlarini tashkil etishning shakli va meхanizmlarini modernizasiya qilish;

§  magistrlar tayyorlash jarayoni ishtirokchi-hamkorlari qiziqishlari aks etgan taklif va ko‘rsatmalarni ishlab chiqish;

§  хalqaro, davlatlararo, respublikadagi va hududiy tuzilmalar hamda tashkilotlar bilan hamkorlik qilish;

magistraturaga qo‘yilgan vazifalardan kelib chiqib, uni rivojlantirishga qaratilgan dasturlar, loyihalar, tashabbuslarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi.
Top