Devonxona va arxiv bo‘limining maqsad va vazifalari

 

-       O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining Oliy ta’limga oid Farmonlari, Qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buyruqlari, Xay’at qarorlarini, zudlik bilan rektor imzosiga taqdim etish, so‘ng, prorektorlar, bo‘lim boshliqlariga yetkazish va ularni bajarishlarini ta’minlash. 

-       Bo‘limga kelib tushgan Yuqori tashkilotlar O‘zbekiston respublikasi Vazirlar Maxkamasining Barcha topshiriqlari bo‘yicha, Hay’at qarorlari va buyruqlarining bajarilishi haqidagi monitoring ma’lumotlarini taqdim etish, nazorat kartochkalarini yuritish. Rektor imzosiga taqdim etish, so‘ng, prorektor, bo‘lim boshliqlariga yetkazish va ularni bajarilishini ta’minlash.

-       Oliy ta’lim tizimiga oid qabul qilingan hujjatlarning ijrosini maqsadli o‘rganish. “Fuqaro murojaatlari to‘g‘risida”gi qonun ijrosini ta’minlash, rahbarlar nomiga kelayotgan fuqarolarning murojaatlarini rasmiylashtirish. Tegishli bo‘limlarga taqsimlash va bajarilishini doimiy nazorat qilish.

-       Murojaatlarni ro‘yhatga olish jurnallarini hamda nazorat kartochkalarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuritish.

-       Vazirlik portali orqali institut elektron pochtasiga kelgan hay’at qarorlari, buyruqlar, modemnomalar va xatlarni qabul qilish, rector imzosiga taqdim etish hamda tegishli joylarga yetkazish.

-       Institutning barcha bo‘limlarida hujjatlar yuritilishini bajarilishini, fuqarolar arizalari va ular to‘g‘risida hisobotlar berishni talab qilish.

-       Institut rektori qabuliga kelgan fuqarolarni ro‘yxatga olish.

-       Ijro intizomini mustahkamlash maqsadida institutda yuqori tashkilotlar topshiriqlari ijrosini nazorat qilish.

-       Vazirlik va boshqa tashkilotlardan kelgan aloqa xatlarini rektor imzosiga taqdim etish, so‘ng, tegishli joylarga yetkazish. Nazorat kartochkalari yuritish, ijrosi bajarilgan hujjatlarni nazoratdan chiqarish.

-       Boshqa tashkilotlarga tayyorlangan aloqa xatlarini ro‘yxatdan o‘tkazish va nusxalarini saqlash.

-       Bo‘limga kelib tushgan Yuqori tashkilotlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Maxkamasining Oliy ta’limga oid Farmonlari, Qarorlari, Oliy va o’rta maxsus ta’lim hamda qishloq vasuv xo’jalik vazirliklari buyruqlari, Hay’at qarorlarini bo‘limlarga yetkazish va ular bajarilishini ta’minlash. 

-       Barcha bo‘limlarda hujjatlar yuritilishini bajarilishini, Fuqarolar arizalari va ular to‘g‘risida xisobotlar berishni talab qilish.

-       Ijro. go. Uz. elektron tizimi orqali O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining Oliy ta’limga oid Farmonlari, Qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buyruqlari va modemnomalar, Xay’at qarorlari, boshqa tashkilotlardan kelgan xatlarni electron jurnallarga ro‘yxatdan o‘tkazish.

-       APP. ijro. uz elektron tizimi orqali chiquvchi xatlarni elektron jurnallarga ro‘yxatdan o‘tkazish.

-       Ijro. go. Uz. elektron tizimi orqali ijrochilarni nazorat qilish.

-       Arxivga hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirish va ularni topshirishgacha bo‘lgan funksiyasini nazorat qilish. 

-       O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va xalq qabulxonalari orqali kelib tushayotgan murojaatlar uchun Nazorat kartochkalarini tayyorlash.

-       Arxivda saqlanayotgan hujjatlarning ilmiy va amaliy qimmatini  ekspertiza   qilishni  uslubiy Idoraviy arxivning asosiy vazifalari: institut rahbariyati va tarkibiy bo‘linmalari hujjatlarini qabul qilish, hisobga olish, saqlash, ulardan  foydalanish va davlat tomonidan saqlashga topshirish uchun tayyorlashdan iborat  bo‘ladi.

-        Idoraviy arxiv o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq :

-       Andijon viloyati arxiv ishi boshqarmasi hamda institut tarkibiy   bo‘linmalarining ish yuritish jarayonida tugallangan hamda shaxsiy tarkib   hujjatlarini qabul qiladi, hisobga oladi va saqlaydi .

-       Arxivda saqlanayotgan hujjatlarga ilgari davlat tomonidan saqlashga topshirilgan hujjatlarning ilmiy-ma’lumot apparati bilan izchilligini   hisobga olgan holda ilmiy-ma’lumot apparatini tashkil qiladi va to‘ldirib  boradi;

-       Arxivga qabul qilingan yig‘majildlar va hujjatlarga  fond tartib raqamlarini beradi:

-       yordam ko‘rsatadi;

Hujjatlarni davlat tomonidan saqlashga topshirish uchun tayyorlaydi va O‘zbekiston Respublikasi Milliy Arxiv fondi to‘g‘risidagi Nizomda  belgilangan muddatlarda topshiradi
Top