II – bo`limning maqsad va vazifalari

 

II bo‘lim muhandisi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga amal qilgan holda institutda faoliyat ko`rsatayotgan professor-o`qituvchilar, ishchi-xodimlar va institutda tahsil olayotgan talabalarni harbiy xisobini olib boradi.

Muddatli harbiy xizmatga majbur bo‘lganlar va muddatli harbiy xizmatga chaqiriluvchilar o‘rtasida ularning “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablari hamda harbiy ro‘yxatga olish qoidalariga qat’iy rioya etishi yuzasidan keng tushuntirish ishlarini tizimli ravishda olib boradi.

Harbiy xizmatni o‘tashga majbur bo‘lgan shaxslar va muddatli harbiy xizmatga chaqiriluvchilarning shaxsiy kartochkalarini, oilaviy ahvoli, yashash joyi manzili, ma’lumoti, mutaxassisligi, lavozimi o‘zgarishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni nazorat qiladi.
Top