Yangiliklar

Image

“Wikipedia” portalining oʼzbek tili segmentini toʼldirish boʼyicha talaba-yoshlar oʼrtasida tanlov

Innovatsion rivojlanish vazirigi 2022 yilning 10 mayidan 10 iyuniga qadar faol talaba-yoshlar oʼrtasida “Wikipedia” portalining oʼzbek tilidagi segmentiga yangi maʼlumotlar va maqolalarni joylashtirish hamda ularni ommalashtirish boʼyicha tanlov oʼtkazmoqda.

Tanlov internet tarmogʼida oʼzbek tilidagi maʼlumotlar hajmi va koʼlamini kengaytirish hamda Global innovatsion indeksda respublikamiz oʼrnini mustahkamlashga jalb qilish, shuningdek, yosh avlodning ijtimoiy faolligi, internet savodxonligi va izlanuvchanligini ragʼbatlantirishga qaratilgan.

Tanlov yakunlariga koʼra eng koʼp maqola joylashtirgan 10 nafar talaba-yoshlar va talabalari eng koʼp maqola joylashtirgan 3 nafar oliy taʼlim muassasasi munosib taqdirlanadi.

Ishtirokchilar tanlovda qatnashishdan avval qisqa onlayn anketani toʼldirishi lozim.

Tanlov tartibi va shartlari bilan tanishing.

Qidirish